Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

2022 yil 23 iyun kuni tuman hokimligi binosida hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, hokim o‘rinbosari Mahmud Shermetov, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi qoshidagi “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari, Bekmon ota Allaberganov, tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Akmal Ismailov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi deputati, 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Sanobar Xo‘jamuratova, hamda tumandagi 85 ta maktabning ilg‘or bitiruvchi yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev bitiruvchilarni yetuklik shahodatnomalarini olib, yangi hayot ostonasida turganliklari bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng, Bekmon ota Allaberganov o‘zining maktab davrini, o‘sha paytdagi ta’lim tizimi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashib, 70 yil oldingi maktab bitiruvchilari bilan bugungi kun bitiruvchilarini qiyoslab ularning o‘rtasida katta farq mavjudligini ta’kidladi.
Shuningdek, yangi hayot ostonasida turgan bitiruvchilarga turli yot illatlarga berilmaslik, internetdan foydalanish madaniyatiga amal qilish bo‘yicha o‘zining nasihat hamda ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.
Uchrashuvda Sanobar Xo‘jamuratova o‘zining yoshlik davrini, o‘qishga kirish yo‘lida chekan mashaqqatlarini so‘zlab, bugungi kunda yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratilganini, yoshlardan esa faqatgina undan foydalanish talab etilishini aytib bitiruvchilarga katta shijoat ulashdi.
 Shundan so‘ng, tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Akmal Ismailov tumanda joriy o‘quv yilida 2 ming 582 nafar bitiruvchi 11-sinfni tugatganligi, fanlarini a’lo baholarga o‘zlashtirgan 15 nafar o‘quvchi oltin va 2 nafar o‘quvchi kumush medal bilan taqdirlanib, 5 nafar o‘quvchi ingliz tili bo‘yicha xalqaro V2 va S1 sertifikati sohibi bo‘lishganini, undan tashqari 2 nafar o‘quvchi Toshkent amaliy fanlar universitetiga imtihonlarsiz kirish bo‘yicha sertifikat bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan e’tirof etish barobarida ibitiruvchilarga Oliy ta’lim muassasalariga grand asosida o‘qishga kirishlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.
Uchrashuv davomida Sultonboy Yo‘ldashev bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ta’lim va tarbiya bergan ustozlari hamda ota-onalariga o‘zining chuqur minnaddorligini bildirdi.
Shuningdek, bitiruvchilarga kelgusida Vatan ravnaqiga hissa qo‘shadigan munosib farzand bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Uchrashuv yakunida Xalqaro C1, hamda xalqaro va milliy sertifikatlar sohibi, 40-sonli umuta’lim maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nurbek Jumaniyazov hamda, matematika fanidan milliy sertifikatga ega, 94 foiz o‘quvchisi Oliy ta’lim muassasi talabasi bo‘lgan, 40-sonli maktabning matematika fani o‘qituvchisi Sherzod Ashirovlar bitiruvchilarga o‘zlarining samimiy tabriklarini yo‘llashdi.
Bitiruvchi yoshlar o‘zlariga bildirilgan yuksak e’tibor hamda ishonchni oqlagan holda kelgusida Vatanimiz koriga yaraydigan, komil inson bo‘lib yetishishlariga tilakdoshmiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.