Urug‘lik uchun paxta ekilgan dalalar hosilini aniqlash va g‘alla ekish mavsumini sifatli o‘tkazishga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари


Tumanda 2022 yil hosili uchun 2200 gektar maydonda 47 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan urug‘lik paxta ekilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu maydonlarda aprobatsiya (kutilayotgan hosilni aniqlash) tadbirini amalga oshirish bo‘yicha To‘lqin ovulidagi “Ahmedov Rajabboy” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu xo‘jalikda 80 gektar maydonga urug‘lik paxta ekilgan.
Ushbu tadbirga Respublika “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DK ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i S.Sobirov, mutaxassislari hamda tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari I.Matkarimov, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “ Amudaryotex” xususiy korxonasi paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.Hayitboyev hamda tumandagi urug‘lik paxta yetishtiruvchi 47 ta fermer xo‘jaligi rahbarlari qatnashdilar.
Tadbirda qishloq xo‘jaligi mas’ullari va ishtirokchilar urug‘lik paxta ekilgan daladagi g‘o‘za nihollarining rivojlanishini ko‘zdan kechirdilar G‘o‘za parvarishidagi avgust oyida javom etayotgan “Dolzarb-30 kunlik”da g‘o‘za parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurashish, oziqlantirish ishlarini yakunlash yuzasidan ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, ushbu maydonlarni sharbat usulida peshma-pesh sug‘orish hamda kultivatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil qilish kabi, belgilangan agrotexnik  tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
G‘o‘za parvarishida “Dolzarb-30 kunlik” da qo‘shimcha g‘o‘za  maydonlarini 2 marta  kul’tivatsiya  qilish, g‘o‘za  maydonlarida 2 marta biostimulyatorlar sepish, zararkunandalariga  qarshi  kurashish,  maydonlarini 3 marta  sharbat  usulida  sug‘orish, chilpish (chekanka) ishlarini  yakunlash kabi tadbirlarni o‘tkazish belgilangani ta’kidlandi.
Tadbirda g‘o‘za parvarishida “Dolzarb-30 kunlik” da avgust oyida amalga oshiriladigan muxim agrotexnik tadbirlardan biri paxtani suvdan keyingi kultivatsiya qilish ishlari ekanligi aytildi. Buning uchun tumanda mavjud 365 ta kultivatorlarni otryad usulda ishlatishga alohida e’tibor qaratilib, 90 ta otryadlar tuzilgani va har bir otryadga tajribali mutaxassislar biriktirilgani ta’kidlandi.
Tumanimizda 2013 yil hosili uchun 355 ta fermer xo‘jaliklari hamda  qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 7000 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashgan. Shundan 2800 gektari ochiq maydonga, 4200 gektari g‘o‘za qator oralariga ekiladi.
Shu yilning 11 avgustida Toshyop ovulidagi “Bekman Allamberganov” fermer xo‘jaligida g‘alla ekish ishlarini namunali tashkil etish masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Daryoboy Qaypov, qishloq xo‘jaligi sohasining tumandagi mas’ullari, fermer xo‘jaliklari raislari ishtirok etdilar.
Tadbirda Daryoboy Qaypov, Shavkat Hamroyev, Shuhrat Teshayev, Sultonboy Yo‘ldashevlar 2023 yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumini qulay muddatlarda sifatli o‘tkazish yuzasidan ma’ruzalar qildilar.
Tadbirda ta’kidlanganidek, ekish mavsumini o‘z vaqtida namunali o‘tkazish uchun urug‘lik miqdori hisob-kitob qilinib, g‘amlandi. Har bir gektar yerga 250 kilogrammdan urug‘lik sepiladi. Ekish ishlarini 15 avgustda 31 avgustgacha, optimal muddatlarda o‘tkazish uchun fermer xo‘jaliklari kesimida grafiklar ishlab chiqildi.
Shuningdek g‘alla ekin mavsumi uchun 25 ta otryadlar tashkil etildi va ularga 620 ta mexanizmlar biriktirildi.
Joriy yilda 2023 yil hosili uchun “Alekseyevich”, “Antonino”, “Grom”, “Davr”, “Asr” kabi navlar urug‘i ekilishi va yuqori hosil  yetishtirishning barcha choralari amalga oshirilishi ta’kidlandi.


Oygul RAJABOVA.