Amudaryo tumani bo'ylab “Ma’naviyat festivali” davom etmoqda

Туман янгиликлари

Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ularning  natijadorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, fuqarolarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazivasidir.
Ana shunday maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda taniqli san’atkorlar, teatr va kino aktyorlari, rejissyor va madaniyat sohasining boshqa xodimlaridan iborat targ‘ibot-tashviqot guruhi a’zolari 15 avgustdan buyon Amudaryo tumanining turli hududlarida bo‘lib, tuman aholisiga madaniy hordiq ulashmoqdalar.
16 avgust kuni Choyko‘l madaniyat markazi binosida oldida bir guruh madaniyat xodimlari ovul aholisi tomonidan iliq kutib olindi.
Shundan so‘ng, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo‘minova mamlakatimizda millatlararo totuvlik munosabatlarining mustahkamlanayogani, barcha sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, ayniqsa, xalqimizning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Qolaversa, yoshlarni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishga, Vatanimiz koriga yaraydigan munosib farzand bo‘lishga chaqirib qolishdi.
 Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida mehmonlar aholiga o‘z ijod namunalarini tuhfa etib, xush kayfiyat ulashishdi.
Mana shunday tadbirlarning yana biri tumanimizning chekka hududlaridan hisoblangan Qilichboy ovuli hududidagi Qilichboy madaniyat markazida ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qilichboy ovuli aholisi hamda qo‘shni mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi qatnashdi.
Unda so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda inson qadri har narsadan ustun ekanligini, mamlakatimizda amalga oshirilayogan islohotlar faqatgina inson manfaatini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligini aytib o‘tishdi.
 Undan tashqari, madaniyat xodimlari hamda sanat nomoyondalari tadbir qatnashchilari va ular orqali butun yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayramining 31 yilligi bilan samimiy tabriklab, o‘zlarining ona Vatan, do‘stlik, sevgi, muhabbat tuyg‘ulari tarannum etilgan go‘zal kuy-qo‘shiqlarni yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilishdi.
Mamlakat rivoji, millat ravnaqi faqat moddiy boylik bilan emas, balki, xalqning yuksak ma’naviy qiyofasi bilan ham belgilanadi.
Madaniy va ma’naviy qadriyatlari uzoq tarixga ega xalqimizda yosh avlodga insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik va kamtarlik kabi umuminsoniy fazilatlarni chuqur sindirishda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarining ahamiyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Tuman hokimligining Axborot xizmati