Ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari Amudaryo tumanining chekka hududlarida ham aholiga madaniy hordiq ulashdilar

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” Respublikamizning barcha hududlaridagi singari Amudaryo tumanida ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida tumanimizning eng chekka hududlarida ham madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etildi, imkoniyati cheklangan insonlar holidan xabar olinib, kitoblar sovg‘a qilindi.


Ana shunday tadbirlardan yana biri 19 avgust kuni Zahriddin Muhammad Bobur nomli ovulda bo‘lib o‘tdi.
Ovul aholisi uchun tashkil etilgan ushbu tadbirda elimiz suygan madaniyat xodimlari, shoiralar, teatr aktrisalari ishtirok etishib barchani yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan muborakbod qilishib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, shukronalik, millatlararo do‘stlik tuyg‘ularini o‘zlarining go‘zal she’rlari, va kuy-qo‘shiqlari bilan ifoda etishdi.
Aytish kerakki, “Ma’naviyat festivali” doirasida o‘tkazilgan har bir tadbir yoshlarning ma’naviyati yuksalishiga, ona Vatanni sevishga, do‘stlik, birodarlik tuyg‘ularini yanada mustahkam qaror toptirishga xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, mamlakat rivoji, millat ravnaqi faqat moddiy boylik bilan emas, balki xalqning yuksak ma’naviy qiyofasi bilan ham belgilanadi.
Shu maqsadda  ota-bobolarimiz madaniy va ma’naviy qadriyatlarni, insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, va kamtarlik kabi umuminsoniy fazilatlarni yoshlar ongiga har tomonlama chuqur singdirib kelgan.
 Tumanimizga tashrif buyurgan ma’naviyat targ‘ibotchilari ozod va erkin jamiyatimiz hayotida qadim-qadimdan birdam bo‘lib yashash ruhining bugun ham ustuvorligi, oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi, ota-onaga, millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat, hayot adabiyligining ramzi bo‘lmish ayol zotiga ehtirom, mehnatsevarlik, halollik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni o‘zlarining ijod namunalari orqali ko‘rsatib berdilar.
Ozod va obod Vatanimizda bayram shukuhi kezib yurgan ushbu kunlarda tashkil etilgan ko‘ngilochar tadbirlar, konsert dasturlari yurtdoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Qolaversa, bayramoldi tashkil etilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mustaqillik, tinchlik-totuvlik kabi oliy ne’matlarning qadrini yanada chuqur his qilishga, uni asrab avaylab, ona Vatan taraqqiyoti uchun shijoat bilan mehnat qilishga undadi.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.