Amudaryo tumani hokimi o'zining navbatdagi qabulini o'tkazdi

Туман янгиликлари

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yo‘ldashev 2022 yil 22 avgust kuni yakka tartibdagi qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar o‘zlarining soliq qarzdorligini to‘lashga ko‘maklashish, tadbirkorlik qilish maqsadida yer uchastkasining ajratib berilishi, davolanish uchun ko‘mak berilishi, “Temir daftar”ga kiritish, bandlik va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qildilar.
Tuman hokimiga bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirokida tinglandi va ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan 26 ta murojaatning 4 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal qilindi. Muddat talab qiladigan murojaatlarning ijobiy yechim topishi uchun zaruriy topshiriqlar berildi.

Amudaryo tumani hokimligining  
Axborot xizmati rahbari F. Eshimbetova