AMUDARYOLIK TIBBIYOT FAXRIYLARI UCHUN TARIXIY MASKANLARGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Туман янгиликлари

Mustaqillikning 31 yillik bayrami munosabati bilan keksa avlod vakillari  va faxriylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimiy-siyosiy faolligini  oshirish, “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shish kabi maqsadlarda tuman Tibbiyot birlashmasi ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir guruh tibbiyot faxriylari uchun sayohat tashkil etildi.
Shu yil 1-3 sentabr davomidagi dam olish kunlarida Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, Nurota ziyoratgohi, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Sharshara” dam olish maskani kabi ko‘ngilochar hududlarda hordiq chiqargan tibbiyot faxriylari ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘llab-quvvatlashi, yo‘lkira xarajatlari qoplab berilganidan nihoyatda mamnun bo‘lishdi.
- Ham ziyorat, ham sayohat tarzidagi bu kabi tadbirlar o‘zligimizni unutmaslikka, tarixiy, diniy qadriyatlarimizni ulug‘lashga, ma’naviyatimizni, ruhiyatimizni boyishiga yordam beradi. Biz bunga imkoniyat yaratib berayotgan Prezidentimizdan, Tibbiyot birlashmasi ma’muriyatidan bag‘oyat minnatdormiz, - deydi mamnuniyat bilan Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi, jarroh-urolog shifokor S.Tajiniyazov.  
Sayohat davomida Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va madaniy-ma’naviy meros bilan yaqindan tanishgan faxriylar bayram va dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishdi.


J. Yavkashev, tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori.