Bosuv mahallasida tuman hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

8 sentabr kuni Bosuv mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabi binosida navbatdagi “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, tuman Xalq qabulxonasi bo‘limi mudiri Erkin Rajabov, tegishli tashkilot mas’ullari hamda mahallaning 40 dan ziyod faol yoshlari ishtirok etishdi.
 Uchrashuvda dastlab, tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 31 avgust kuni imzolangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonining mazmun-mohiyati haqida tushintirishlar berdi.
Farmonning yoshlarga oid bandi ya’ni− 2022-2023 o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan 500 nafar, keyingi o‘quv yillari uchun esa har yili 1 sentabrga qadar 6 500 nafar yoshlarning viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilinishi Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun katta imkoniyat ekanligini ta’kidladi.
 Shundan so‘ng, tuman Xalq qabulxonasi bo‘limi mudiri Erkin Rajabov yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida gapirib, ko‘proq ilm olishga, hunar o‘rganishga chaqirdi. Uchrashuvda mahallaning yoshlar yetakchisi faoliyatining natijadorligiga ham e’tibor qaratildi.
Tuman hokimining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy va ochiq muloqoti yoshlarga o‘zgacha kuch va g‘ayrat bag‘ishladi.
 Uchrashuvda yoshlardan kontrakt to‘lovining qoplab berilishi, tadbirkorlik uchun ob’ekt berilishi va tabiiy gaz bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 1 tasiga shu yerning o‘zida tushuntirish berilib, 2 tasi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borish hamda hal etish Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Sardor Ismailovning zimmasiga yuklatildi.
Bugun yurtimizda unib-o‘sayotgan har bir yosh avlod O‘zbekistonning porloq kelajagidir. Oldimizdagi turgan ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi xam, ertangi kunimiz, erkin va faravon xayotimiz xam, O‘zbekistonning XXI asrda jaxon xamjamiyatida qanday o‘rin egallashi xam – bularning barchasi, avvalambor yosh avlod, unib – o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir.
Shunday ekan, ularni qullab-quvvatlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, bugungi kunning muhim va dolzarb vazifasidir.


 Tuman hokimligining Axborot xizmati.