3- sektor rahbari- tuman IIB boshlig'i ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirmoqda

Туман янгиликлари

3-sektor rahbari tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jamaladdin Yusupov Kuyuk-ko‘pir ovuli hududida joylashgan “Quvanish-Nurxat” hamda Jumurtov ShFY dagi “Umid-Azim-Xo‘ja” fermer xo'jaliklaridagi ilg‘or terimchilar bilan uchrashdi.
Ma’lumot uchun, 3-sektor hududida 150 ta fermer xo‘jaliklari mavjuddir.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklarining 4346 gektar maydonga paxta ekilgan bo‘lib, ular tomonidan mavsum yakunigacha davlatga 13 980 tonna paxta hom-ashyosini topshirish rejalashtirilgan. Buning uchun xo‘jaliklarda 83 ta terim otryadlari tashkil qilinib, bu otryadlarga  jami uch mingga yaqin terimchilar jalb qilindi.
 Sektor rahbari xo‘jalik raisi bilan birgalikda ishchilarga yetarli sharoit yaratib berishga alohida e’tibor qaratib, ish unumining yanada ortishiga erishmoqda. Shu boisdan terimchilar kuzning goh salqin goh issiq kunlariga qaramay yg‘im-terim ishlarini ko‘tarinki ruhda jadal tarzda davom ettirishmoqda va yetishtirgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib olib, sarbaland xirmon yaratishga harakat qilishmoqda.
3-sektor rahbari Jamaladdin Yusupov terimchilar bilan uchrashuvda o‘zbek xalqining milliy boyligi bo‘lmish paxtani yetishtirish shu bilan birga yig‘ib-terish ham eng savobli ishlardan biri ekanligini, paxta hom ashyosini chet elga eksport qilish hamda yurtimizdagi to‘qimachilik korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar iqtisodiyotimiz gullashi, va aholining daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim o‘rin tutishini aytib o‘tdi.
 Shundan so‘ng, ilg‘or terimchilarining mehnatlarini alohida e’tirof etib, ularni gilam, changyutgich va boshqa xildagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.
Terimchilar qimmatbaho sovg‘alar uchun tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jamaladdin Yusupovga katta minnatdorlik bildirib, yanada shijoat bilan mehnat qilishga va tumanimiz oq oltini hrimonini sarbaland ko‘tarishga va’da berdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati