TOTUVLIK TAFTIDAN FAYZLI XONADON

Туман янгиликлари

Qipchoq shaharchasining Chinor ko‘chasida shunday xonadon bor: turli millatlardan tarkib topgan bo‘lsa-da oralarida mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, mustahkam og‘zibirchilik tufayli hududda obro‘-e’tibor qozongan. Oila sohibi Aytjon Musayev asli qipchoq-lik, 1930 yilda dunyoga  kelgan. Shu yerdagi 11-sonli maktabning 9-sinfini tamomlagach, Xo‘jaylidagi pedagogika bilim yurtida tahsil olgan.

Umr bo‘yi o‘qituvchilik qilgan otaxonning  ta’limini yodda tutib, turli sohalarda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishib, elda e’tiborli bo‘lgan shogirdlari ko‘p. Tumanimiz xalq ta’limini oyoqqa turg‘izishda, rivojlantirishda fidoyilik bi-lan mehnat qilgan jonkuyar mu-rabbiyning vafot etganiga o‘ttiz yildan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, qipchoqliklar hamon yodlarida saqlashadi.

U tibbiyot xodimi, o‘zbek qizi Pa-rida Allamberganova bilan oila qurib, uch o‘g‘il, uch qizni voyaga yet-kazib, hammasini ilmli qildi. Xidirboy, Abay, Alisher, Sapar-gullar o‘qituvchi, Orzigul tibbiyot xodimi, Omongul esa tadbirkor. Turmush o‘rtog‘i vafot etgach, ulkan ro‘zg‘orni Parida opaning o‘zi bosh-qardi. Kunduzi ishlab, kechalari chevarlik qilib pul topib, ro‘zg‘ori kamini to‘ldirdi.

– Har kecha hech bo‘lmaganda ikki ko‘ylak  tikardim. Har biridan o‘n so‘mcha pul foyda qolardi. Shu pul-larga bir qop un, qand, moy olar-dim. O‘qituvchilarning ham, hamshi-ralarning ham oyligi u vaqtlarda harnagina edi. Qo‘l mehnatim bilan otasiga ko‘makchi bo‘ldim. Bolalari-mizni zoriqtirmay ulg‘aytirdik, - deydi  Parida opa o‘sha vaqtlardagi hayotini eslab. Aytishiga qaraganda, ular biri qozoq, biri o‘zbek bo‘lsa-da biri-biriga ko‘ngil qo‘yib tur-mush qurishgan, har qancha qiyinchi-liklarni boshidan o‘tkazishsa-da, hayotdan nolimagan, barchasini birga yengishgan.

– Bevafolik qilib barcha tashvish-larni bir o‘zimga tashlab ketib qolganini (vafot etganini nazarda tutayaptilar onaxon) aytmasam, hayotligida juda totuv yashadik, is-mimni aytmay Allamberganova deb chaqirardi. Men ham u kishining otini aytib ko‘rganim yo‘q.

Onaxon ko‘ngil qatlarida yotgan armonlari, sog‘inchini ham ana shunday kulib so‘zlaydi. Oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onning poydevori mehr-muhabbatdan yaralsagina hayot shirin, mazmunli bo‘lishini o‘z hayotida his qilgani uchun katta o‘g‘il koreys millatiga mansub qiz Tamara Xvanga ko‘ngil qo‘yganida qarshilik qilmadi. Ik-kinchi o‘g‘il qozoq qiziga, kenja o‘g‘il Alisher esa o‘zbek qiziga uylangan. Nevara kelinlar ham turli millat vakillari.

Parida Allamberganova ularning bariga o‘z qizlariday mehr berdi. Shu oilaga el bo‘lib, palak yoyib ketishiga harakat qildi. Hozir ular ham o‘g‘il-qizlarini voyaga yetkazib, har  biri alohida o‘tovli bo‘lib, nevara suyib, ulkan oila bekasiga aylanishgan.

Onaxon nevara-chevaralarining sonidan ham adashadi. Biroq huzuri-ga kelganining har biriga o‘ziga xos, erkalovchi so‘zlari, tilaklari tayin.

82 yoshni qoralab, keksalik jis-miga o‘z kuchini o‘tkazgan bo‘lsa-da, zahni o‘tkir, hayotidagi voqealarni xuddi hozirgiday eslaydigan, tilidan  bugungiday dorilomon kunlarga shukrona tushmaydigan, yuzlaridan nur yog‘ilib turgan  ona-xon bilan suhbatlashishning o‘zi maroqli.

– Onam biz farzandlariga juda qattiq mehr bergan, kuyunchak bo‘lgan. Esimda, talabaligimda o‘qishga ketar bo‘lsam, yo‘lxaltamni ko‘tarishib, Amudaryoning ko‘prigigacha olib borishar edi. Uyda qolavering, deganimga ko‘nmasdi. Hozir ham o‘zim, uch o‘g‘il nevarasi qay birimiz ishdan qaytsak, ovqat yedingmi, choy ichdingmi, deb tergab o‘tiradi, nevara kelinlar dasturxondan ertaroq qo‘lini artsa, tinchi buziladi. Xu-doga shukur, ikki kelinim ham odobli, aqlli qizlar, qizim yo‘q, derdim, qiz o‘rnini bosishayapti, –deydi Alisher Aytjonov.

Har bir go‘dak dunyoga sof, beg‘ubor bo‘lib keladi. U ota-ona tarbiyasi ila kamolga yetadi. Tarbiya qay darajada mukammal bo‘lsa, kamoli ham shunga yarasha bo‘ladi.

Tumanimiz xalq ta’limi fidoyi-laridan biri Aytjon Musayevning xonadonida padari chirog‘ini yoqib, onasini ko‘zi qorachig‘iday avaylab o‘tirgan  o‘g‘li, 11-sonli maktab direktori o‘rinbosari, uch o‘g‘ilni ham o‘ziga izdosh – o‘qituvchi qilib kamolga yetkazgan Alisher Aytjonovning turli millatlar vakillaridan iborat xonadonida bo‘lib, ko‘rganlarimiz bari xuddi ko‘pmillatli Vatanimiz kabi bag‘-rikeng, o‘zaro totuvlikdan fayz olgandek tuyuldi bizga. Bu oila misolida xalqimizning qon-qo-niga singib ketgan millatlararo hamdo‘stlikni, yagona oila farzand-lariday inoqlikni ko‘rdik.

Ilohim, ana shunday baxtiyor xo-nadonlardan tarkib topgan ona O‘z-bekistonimizda tinchlik, osoyish-talik doimo barqaror bo‘lsin.


Oygul RAJABOVA,
Mahmudjon SHOMURODOV,

“Taraqqiyot ko‘zgusi” muxbirlari.