O'zbekiston- umumiy uyimiz

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari turmushga faol tatbiq etilmoqda, bu qoidalar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari millatidan qat’i nazar O‘zbekiston xalqini tashkil etishini, shuningdek, mamlakat hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va an’analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni kafolatlaydi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da ham aynan jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Bag‘rikenglik qon-qoniga singib ketgan xalqimiz azal-azaldan turli millat vakillari bilan og‘a-inidek, do‘st-birodar bo‘lib yashagan. Tabiatan mehr-oqibatli, saxovatpesha xalqimiz sho‘rolar zamonida qatag‘onu quvg‘inga uchragan ko‘plab millat vakillariga o‘z uyidan boshpana berdi, og‘ir damlarda bir burda nonini ular bilan baham ko‘rdi. Bu o‘zbekona fazilatlardan bahramand bo‘lgan koreys, nemis, turk, polyak, yunon, qrim-tatar va boshqa millatlarga mansub kishilarning ko‘pchiligi shu elda doimiy qo‘nim topdi, xalqimizga xos do‘stona munosabatlar bois qaddini tikladi. Ularning zurriyotlari esa shu zaminda tug‘ildi, shu yerda ta’lim-tarbiya olib voyaga yetdi, shu maskanda oilali bo‘ldi, obro‘-e’tibor qozondi. Ular uchun O‘zbekiston haqiqiy Vatan bo‘lib qoldi.

Bugungi kunda tumanimizning aholi soni 206,4 ming nafar bo‘lib, shundan o‘zbeklar 187 441nafar (90,8 %) ni, qoraqalpoqlar 4 168nafar (2,01 %) ni, qazoqlar 9 328nafar (4,47 %) ni, turkmanlar 4 761 nafar (2,3 %) ni, ruslar
98 nafar (0,04 %) ni, tatarlar 456 (0,22 %), koreyslar 92 nafar (0,04 %) ni va boshqa millat vakillar 58 nafar (0,02 %) ni tashkil qiladi.
Amudaryo tumanining ma’muriy markazi – Mang‘it shahrida asosan rus millati, Beshtom Nazarxon, Kuyuk-ko‘pir, O‘rta qal’a ovullarida qozoq millati, Amir Temur nomli va Bo‘z yop ovullarida turkman millatiga mansub fuqarolar yashaydi.
Ushbu ovul va mahallalarda aholining yashash tarzi yaxshi bo‘lib, shu paytgacha milliy va etnik nizolar kelib chiqmadi. Aholi tinchlik va hamjihatlikda yashab kelmoqda.