Matbuot anjumani o'tkazildi

Туман янгиликлари

13 dekabr kuni tuman hokimligining majlislar zalida tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan Tuman Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarining aholi bandligini ta’minlash hamda tuman iqtisodiyoti o‘sishiga qo‘shayotgan hissasi mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi. Matbuot anjumanida Qishloq xo'jaligi bo'limi mutaxassislari, fermerlar, dehqonlar va tomorqa yer egalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Matbuot anjumani davomida fermerlarimiz tomonidan 2022 yil davomida erishilgan yutuqlar tahlil qilindi. Qayd etilganidek,joriy yilda tumandagi 352 ta fermer xo‘jaliklarining 13900 gektar maydoniga chigit ekildi. Ekilgan chigitlardan rejadagi 44755 tonna o‘rniga 44844 tonna hosil olindi. Hamda reja 100,2 foizga bajarildi.Yakunlanayotgan yilda tumanimiz bo‘yicha 6000 gektar maydonga g‘alla ekilgan bo‘lib g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 8960 tonna don yetishtirish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan edi. G‘alla ekilgan maydonlarda bir tekis unib chiqqan nihollarning agrotexnik qoidalar asosida parvarish qilinishi, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlatirilib o‘z vaqtida o‘rib- yig‘ib olinishi tufayli belgilangan reja 143,2 % ga ortig‘i bilan bajarildi. Mirishkor dehqonlarimiz shartnomadagi 8960 tonna don o‘rniga 12832,2 tonna don topshirdilar. Anjumanda qishloq xo'jaligi sohasidagi yangiliklar 2023 yilgi rejalar xususida so'z yuritildi. Anjuman ishtirokchilariga jurnalistlar savollar bilan murojaat qilib tegishllicha javoblar olishdi.