YOSH OILALARGA QO‘SHIMCHA UY-JOY QURISH UCHUN IMTIYOZLAR

Туман янгиликлари

So‘nggi yillarda yurtimizda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va puxta o‘ylangan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Vazirlar Mahkamasining «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan  yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomiga ko‘ra, yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun banklardan garovsiz kredit ajratish tartibi bilan bog‘liq imtiyozli mezonlar belgilangani ham bu boradagi amaliy ishlardan sanaladi.