Amudaryo tumanida Ma'naviyat va ma'rifat maskani binosi foydalanishga topshirildi

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar hamda 25 fevral kuni o‘tkazilgan 16-sonli yig‘ilish bayonida 2022 yil yakuniga qadar Ma’naviyat va ma’rifat maskanini barpo etish topshirig‘i berilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Amudaryo tumani “Olmazor” MFY Barkamol avlod ko‘chasi 21-uy joylashgan FXDYO bo‘limining eski binosinida Ma’naviyat va ma’rifat maskani tashkil etildi. Maskanda faoliyat olib borish uchun barcha sharoitlar mavjud, yani rabar va xodimlar uchun 6 ta xona, yig‘ilishlar o‘tkazish uchun 1 ta zali mavjud, bino internet tarmog‘iga ulangan.
Amudaryo tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskani ochilish marosimi 2022 yil 27 dekabr kuni o‘tkazildi. Tadbirga tuman hokimining o‘rinbosari M.Shermetov, tuman Nuroniylar Kengashi raisi B.Allamberganov, faol nuroniylar, yoshlar va tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok qilishdi.