Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 56-sessiyasi to‘g‘risida axborot

Туман янгиликлари

2022 yil 29 dekabr kuni tuman hokimliginingmajlislarzalidaXalqdeputatlariAmudaryo tuman Kengashiningnavbatdagi – 56-sessiyasibo‘libo‘tdi.
Sessiya majlisida deputatlar, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik mas’ul xodimlari, bo‘limlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kotibligiga9-Amir Temur saylov okrugidan deputat Oybek Yusupovsaylandi.
Sessiya kun tartibida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yo‘ldashev tumanda 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2023 yilga mo‘ljallangan rejalar xususida hisobot berdi.
Keltirilishicha, yakunlanayotgan yilda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 570,4 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 105,0 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 2 trln. 433 mlrd.so‘mni tashkil etib o‘sish sur’ati 103,3 foizni,investitsiyalar 506,6 mlrd.so‘mni tashkil etib o‘sish sur’ati 103,4 foizni, qurilish ishlari 253,9 mlrd.so‘mni tashkil etib o‘sish sur’ati 105,1 foizni,chakana savdo hajmi 650,6 mlrd.so‘mni tashkil etib o‘sish sur’ati 106,1 foizni, xizmatlar 541,0 mlrd.so‘mni tashkil etib o‘sish sur’ati 117,6 foizga ko‘paydi.
Aholining daromad manbayini oshirishda hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholining doimiy daromad manbayini oshirish maqsadida fuqarolarga yordamlar ko‘rsatish natijasida 9 437 nafar aholining oilaviy daromadi oshirildi.
Jumladan, 1 065  nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlandi.3 611nafarfuqaroning oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratish orqali bandligi ta’minlandi. 1 213 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. 625 nafarfuqarolarning subsidiya asosida issiqxona xamda asbob-uskunalar ajratish orqali bandligi ta’minlandi. 2923 nafar fuqarolarga qishloq xo‘jaligi yerlari“E-AUKSION” savdo platformasi orqali ajratildi.
Sessiya ishida tuman prokurori o‘rinbosari, Po‘lat Bekniyazov hisobot berdi.
Ta’kidlanganidek,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 4 ta sektorga 25 mlrd 595 mln.so‘m pul mablag‘lari ajratilgan.
Shundan, 2-sektor hududida mahalla va ovul fuqarolar yig‘inidagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 1 mlrd.981,2 mln so‘mlik 3 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Jumladan, Do‘stlik mahallasi hududida universal bolalar sport maydonchasini yangidan qurish uchun 334,3 mln. so‘m, Xizr eli va Yuqori qishloq mahallalarining ma’muriy binolarini qurish uchun 1 mlrd 646,9 mln so‘m, Arna bo‘yi, Besh ovul, Bo‘z solma, Do‘stlik mahallalari, Do‘rman, O‘rta qal’a, Qilichboy ovullaridagi jami  22.341  km bo‘lgan  ichki  yo‘llarni ta’mirlash uchun 4,5 mlrd.so‘m pul mablag‘i ajratilib, loyihalashtirish ishlari davom etmoqda.
 Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Xurshid Alimov hisobot berdi.
Qayd etilishicha, 3-sektor hududida 1 mlrd. 580,6 mln so‘mlik 5 ta loyiha amalga oshiriladi.
Ya’niy: Bo‘z yop, Durunki, Boyovul, mahallalari, Oq oltin va Jumur ovul ovullarining ko‘chalarida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bugungi kunda barcha obyektlarning tender savdolari yakunlangan bo‘lib, belgilangan tartibda pudratchi tashkilotlar qurilish ishlarini boshlanmoqda.
 Sessiya ishida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Aydos Seyitovning hisoboti tinglandi.
Keltirilishicha, 4-sektor xududida 14 mlrd.128, mln so‘mlik 6 ta loyiha amalga oshirilishi orqali maxalla va ovul fuqarolar yig‘inidagi mavjud muammolarni bartaraf etish rejalashtirilgan.
Jumladan, Namuna mahallasi hududida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida qiymati 5mlrd597,2mln.so‘mlik tozalangan suv tarqatish inshootini yangidan qurish va 7,1km uzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortish, Qumyop mahallasi hududida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida qiymati 6mlrd 641,6mln.so‘mlik tozalangan suv tarqatish inshootini yangidan qurish va 10,1 kmuzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortish, shuningdek, 4-sektor hududidagi 4 ta ovul va mahallalarda umumiy qiymati 1 mlrd 889,1 mln.so‘mlik jami 8,131 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Bugungi kundabarcha obyektlarning tender savdolari yakunlangan bo‘lib pudpatchi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari boshlanmoqda.
Sessiya ishida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Saburova hisobot berdi.
 Ta’kidlanganidek,tumanda joriy yilda 3-bosqich “Ayollar daftari”ga jami 3810 nafar xotin-qizlar kiritilgan.Shu kunga qadar 3-bosqich “Ayollar daftari”da ro‘yhatda turuvchi 3810nafar xotin-qizlarning 3 803 nafariga turli yordamlar ko‘rsatildi.
Shu bilan birga “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasiga murojaat qilgan 116 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning 113 nafari yarashtirilishiga erishildi. Bilib-bilmay jinoyat yo‘liga kirib qolgan 3 nafar xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar bo‘limining kafilligi asosida qamoq jazosidan saqlab qolindi va sog‘lom turmush tarziga qaytarildi.16 nafar xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab berildi. Sessiya ishida deputatlar tuman hokimi o‘rinbosari Go‘zal Saburovaning 3-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilganayollarni daftardan chiqarish bo‘yicha o‘qib eshittirgan hisobotini ma’qulladilar.
 Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tuman filiali boshlig‘i Sherzod Sultanovning hisoboti tinglandi.
 Qayd etilganidek, Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tumani filiali tomonidan Amudaryo tumani hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli jami 45302 ta, ko‘chmas mulk obyekt mavjud bo‘lib, shundan 42051 ta turar joy, 3251 ta noturar joy obyektlari hisobga olingan. Shundan, 33205 ta ko‘chmas mulk obyektlarining huquqni tasdiqlovchi hujjatlari mavjuddir. 25789 ta ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlari tayyorlanib davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shuningdek, tumandagi 16 ta ovul fuqarolar yig‘inlari, 31 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari va 2 ta shaharcha fuqarolar yig‘inlari chegaralari belgilandi.
Sessiya ishida “2023 yil uchun Amudaryo tumani mahalliy budjeti xaqida”gi qaror loyihasi bilanAmudaryo tumani Moliya bo‘lim mahalliy budjet ijrosi va hisobi sektor boshlig‘iAbaySaginbayev tanishtirdi.
Keltirilishicha,2023 yil uchun Amudaryo tumani Mahalliy budjetning daromadlari 77.5 mlrd so‘m yuqori budjetdan ajratiladigan transfert miqdori 165.4 mlrd. so‘m jami xarajatlari 242.9 mlrd.so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.
Qaror loyihasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa soha harajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori ko‘rsatilgan bo‘lib deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
Sessiya ishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida 2023 yil uchun jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlari bo‘yicha yer solig‘i stavkalarining bazaviy miqdori to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Aydos Seyitovning hisoboti tinglandi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan xududlarga jismoniy shaxslar uchun 1 kv.metr 286,0 so‘m, yuridik shaxslar uchun 1 ga 31,0 mln so‘m belgilab berilgan.
Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi va tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.